Oxirgi yangilanish: 2026-yil noyabr
Mahsulotlar faqat ishlab chiqarish nuqsoni aniqlangan taqdirdagina qaytariladi yoki almashtiriladi. O'lcham, rang, did yoki fikr o'zgarishi sababli qaytarish va almashtirish qabul qilinmaydi.
Nuqson haqida mahsulot qabul qilingan kundan boshlab 3 kun ichida rasm bilan Telegram @tugun_co yoki +998 90 398 00 99 orqali xabar bering.
Mahsulot kiyilmagan, yuvilmagan, barcha yorliqlari va asl qadoqi bilan bo'lishi kerak. Qaror mahsulot sotuvchi tomonidan tekshirilgandan so'ng qabul qilinadi. Foydalanish, noto'g'ri parvarish yoki yetkazib berishdan keyingi shikastlanishlar nuqson hisoblanmaydi.
Nuqson tasdiqlansa, sotuvchi mahsulotni almashtiradi yoki pulni mahsulot qabul qilingandan keyin 14 ish kuni ichida to'lov qilingan usulda qaytaradi.